Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori M.Isoqov Sho’rchi tumanidagi 31-sonli, Denov tumanidagi 57-sonli va Oltinsoy tumanidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, ta’lim jarayoni bilan tanishdi hamda o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ldi.

Tashrif davomida maktablarda PISA 2025 xalqaro baholash dasturiga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi, o‘quvchilarning funksional savodxonligini oshirish, mantiqiy tafakkur va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, xalqaro baholash dasturida muvaffaqiyatli qatnashish uchun maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarga zarur tavsiyalar berildi.

Leave a Comment