2025-yil 10-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Tillarni o‘qitish metodikasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi Zamira Safarova tomonidan rus tili guruhi tinglovchilari bilan «Развитие навыков критического мышления» mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.
Dars jarayonida «Insert», «Aqliy hujum», «Klaster», «Sinkveyn» va «Kalit so‘zlar» metodlaridan foydalanildi. Dars qiziqarli va taassurotlarga boy bo‘ldi.