Fanlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan malaka oshirishga kelgan tinglovchilarga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarda to‘plangan ilg‘or tajribalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq etish maqsadida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 11-mart kuni Termiz shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi N.Ulug‘ov tomonidan «Ona tili va adabiyot fanida loyiha ishiga asoslangan ta’lim: amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish» mavzusida malaka oshirish tinglovchilari uchun seminar-trening o‘tkazildi.