Markazda o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi bo‘yicha hududiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “O‘qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlanish kelajagini shakllantirish” mavzusida hududiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir UNESKOning “Ishonch” jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan “AKT va raqamli ta’limni qo‘llash orqali ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Uchrashuvda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Tashpulatov, Pedagogik mahorat markazi direktori o‘rinbosari S.Sattorov, markaz mas’ullari, xorijiy mutaxassislar, master-trenerlar, metodistlar, maktab, maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishida mukammallik modelini joriy etish, STEAM yo‘nalishlarini kengaytirish hamda hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Guruhlar faol ishtirokida hududiy harakat rejalari ishlab chiqildi.

Leave a Comment