Ilmiy faoliyat

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Uzluksiz kasbiy ta’limni rivojlantirish bo’limi boshlig‘i, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jamshid Qarshiyevni OAK e’tirof etgan bazalarda indekslangan  «International Journal of Inclusive and Sustainable Education» ilmiy jurnalining tahririyat kengashi a’zoligiga qabul qilinganligi munosabati bilan tabriklaymiz va kelgusi ilmiy, pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!.

Read More

Ishonch jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilgan YUNESKOning Oʻzbekistonda 300 nafar pedagog uchun moʻljallangan oʻquv dasturiga arizalar qabul qilish boshlandi

📢 Ishonch jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilgan YUNESKOning Oʻzbekistonda 300 nafar pedagog uchun moʻljallangan oʻquv dasturiga arizalar qabul qilish boshlandi ✅ YUNESKO Ishonch jamg’armasi ko’magida hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda Buxoro, Farg’ona va Surxondaryo viloyatlaridan davlat maktablari pedagoglarini kasbiy rivojlanish dasturiga ariza topshirishga taklif etadi. Quyidagi ko‘nikmalaringizni rivojlantiring: • Ilg‘or pedagogik va andragogik kompetensiyalar…

Read More

Yakuniy attestatsiya

Joriy yilning 29-oktabr kuni 100 soatlik malaka oshirish kursi tinglovchilarining yakuniy attestatsiya sinovlari bo‘lib o‘tdi. Yakuniy attestatsiya loyiha ishi, mikrodars taqdimoti shaklida o‘tkazildi. Bunda tinglovchilar o‘zlari tanlagan mavzularda mustaqil ishlash hamda pedagogik yondashuvlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini namoyish etishdi.

Read More

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi quyidagi vakant lavozimlarga OCHIQ TANLOV e’lon qiladi!

✅ O‘zbek tili va adabiyoti fani metodisti; ✅Geografiya va iqtisod fani metodisti (0.5 shtat birligida); ✅ Jismoniy tarbiya va ChQBT fani metodisti; ✅ Tasviriy san’at va chizmachilik fani metodisti; ✅Boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi; ✅Pedagogika fani o‘qituvchisi. ✔️Talabgorlar oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura diplomiga egalik afzallik beradi) ✔️Zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi…

Read More

«MEHRLI BO‘LAYLIK» SHIORI OSTIDA XAYRIYA TADBIRI O’TKAZILDI

🔰2025-yil 27-oktabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida malaka oshirayotgan Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari guruhi tinglovchilari tomonidan Termiz shahridagi maxsus ixtisoslashtirilgan 22-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida navbatdagi xayriya tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda bolajonlarga guruh tarbiyachilari tomonidan bir qator didaktik o‘yinlar va sahnalashtirilgan teatr tomoshalari namoyish etildi.

Read More

Mahorat darsi

2025-yil 24-oktabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi »Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi  o‘qituvchisi Javohir Qarshiyev tomonidan biologiya guruhi tinglovchilari uchun «Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalari» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. ✅ Dars jarayonida «Tezkor savol-javob», «Kichik guruhlarda ishlash», «BBB» metodlaridan foydalanildi. Dars qiziqarli va taassurotlarga boy bo‘ldi.

Read More

Amaliy mashg’ulot

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi va Termiz shahridagi 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktab o‘rtasida imzolangan hamkorlik Memorandumi doirasida joriy yilning 24-oktabr kuni mazkur maktabda «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi o‘qituvchisi E.Maxmudov  tomonidan fizika guruhi tinglovchilari uchun «Fanlararo integratsiya va STEAM texnologiyasi» mavzusida o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Read More

TERMIZ SHAHRIDAGI 9-DMTTDA KO‘CHMA AMALIY MASHG‘ULOT TASHKIL QILINDI

TERMIZ SHAHRIDAGI 9-DMTTDA KO‘CHMA AMALIY MASHG‘ULOT TASHKIL QILINDI Joriy yilning 24-oktabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi Matluba Nigmatullayeva tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhi tinglovchilari ishtirokida Termiz shahridagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ko‘chma amaliy mashg‘ulot tashkil qilindi.

Read More

TERMIZ SHAHRIDAGI 31-DMTTDA KO‘CHMA AMALIY MASHG‘ULOT TASHKIL QILINDI

Joriy yilning 22-oktabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi o‘qituvchisi Feruza Saidova tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhi tinglovchilari ishtirokida Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ko‘chma amaliy mashg‘ulot tashkil qilindi. Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida tinglovchilar pedagogika markazida qo‘llanilgan metodlardan samarali foydalanishdi.

Read More

Sport musobaqalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g’risida PQ-4954-son, 2024-yil 8-dekabrdagi «Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi PQ-443-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan joriy yilning 21-oktabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida…

Read More