2025-yil 18-oktabr kuni Ozarbayjon Davlat Pedagogika universitetining Quba filiali va Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib borilishi ko‘zda tutilgan:
✅O‘qituvchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish;
✅ Ilmiy konferensiyalar, seminarlar, master-klasslar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish;
✅Ta’lim texnologiyalari va metodikalari sohasida tajriba almashish;
✅Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish va ularning natijalarini nashr etish.

Mazkur memorandum ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash hamda zamonaviy pedagogik muhitni shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Leave a Comment