
SURXONDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI O‘TKAZILDI
⭐️2025-yil 21-oktabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Tilllarni o‘qitishda kompetensiyaviy yondashuv muammolari va madaniyatlararo muloqot strategiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
✔️Anjumanda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
➡️ Til ta’limida kompetensiyaga asoslangan yondashuvning nazariy va uslubiy asoslari.
➡️ Lingvistik va kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirishda pedagogik texnologiyalar va didaktik modellar.
➡️Talim natijalarini kompetensiyaga asoslangan yondashuvda baholash: yondashuvlar va vositalar.
➡️ Til o‘qitishda kompetensiyaga asoslangan va o‘quvchiga yo‘naltirilgan yondashuvlarning integratsiyasi.
➡️Loyiha va tadqiqot faoliyati tilshunoslik va madaniyatlararo kompetentsiyani rivojlantirish vositasi sifatida.
📚Ushbu anjumanda poytaxtimiz va respublikamizning turli viloyatlarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar tomonidan 200 dan ortiq materiallar kelib tushdi.
Anjumanni markaz direktori M.Isoqov ochib berdi. Markaz dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori N.Kenjaboyeva tadbirga moderatorlik qildi.
📊Anjumanga STARTINFORUM xalqaro loyihalarni boshqarish va konsalting kompaniyasi direktori, ta’lim psixologiyasi fanlari doktori, professor (Turkiya) Iryna Sekret, A.I.Gersen nomidagi davlat pedagogika universiteti (Rossiya)Aleksandr Mixaylovich Sandul, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Salomova Gavhar Abdinazarovna, Termiz davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Olloqulova Farzona, Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi Bozorova Nozigul va boshqalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
❗️Eslatib o‘tamiz, anjumanga qabul qilingan barcha materiallar to‘plam tarzida chop ettiriladi va sertifikatlari bilan birga (onlayn tarzda) o‘z mualliflariga yetkaziladi.



