SURXONDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI HAMDA TERMIZ SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI O‘RTASIDA O‘ZARO HAMKORLIK TO‘G‘RISIDAGI MEMORANDUM IMZOLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi samaradorligini ta’minlash, ularning kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratini muntazam oshirib borish, Prezident maktablarida to‘plangan ilg‘or tajribalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq etish maqsadida qabul qilingan PQ-231-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi va Termiz…

Read More

O‘tgan hafta (18—23-noyabr kunlari) Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida bo‘lib o‘tgan tadbirlarning OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishida faol ishtirok etgan kafedra va bo’limlar ro‘yxati:

✔️ Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi   +16 ✔️ «Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari» kafedrasi +14 ✔️ «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi  +9 ✔️ «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi  +8 ✔️ «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi   +8 ✔️»Tillarni o‘qitish metodikasi» kafedrasi  +3 ✔️ Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi   +3 ✔️ Fanlarni rivojlantirish bo‘limi  +3 ✔️ Uzluksiz…

Read More

Xorijiy maslahatchini jalb qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi

2024-yil 25-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati AQSh fuqarosi  Soliman Mohamed Amr bilan maktabgacha va maktab ta’limi sohasida xodimlar malakasini oshirishga oid xalqaro kelishuv imzoladi.   Xorijiy maslahatchi quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi: ✅ xalqaro ilmiy va metodik hamkorlikni rivojlantirish; ✅ umumiy o‘rta ta’lim sohasida ilg‘or xalqaro tajribalarni tadqiq qilish va tavsiyalar ishlab chiqish;…

Read More

#Tonggi_tadbir

2024-yil 22-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida «Pedagogika, psixologiya  va ta’lim texnologiyalari» kafedrasi professor-o‘qituvchilari va maktab amaliyotchi psixologlari guruhi tinglovchilari tomonidan malaka oshirish kurs tinglovchilarining kayfiyatini koʻtarish, hayotga pozitiv munosabatni shakllantirish, kasbiy zoʻriqishining oldini olish maqsadida tonggi tadbir tashkil etildi. Tadbirni psixologiya guruhi tinglovchilari tongni yaxshi kayfiyat bilan boshlashga oid afirmatsiyalar taqdim etish bilan…

Read More

31-DMTTDA KO‘CHMA AMALIY MASHG‘ULOT TASHKIL QILINDI

Joriy yilning 22-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi o‘qituvchisi Munisa Oripova tomonidan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturining amaliy tatbig‘i sifatida maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhi tinglovchilari uchun Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida  ko‘chma amaliy mashg‘ulot tashkil qilindi.  Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida M.Oripova tomonidan tinglovchilarga  ilm-fan va  tabiat,…

Read More

#Qumqo‘rg‘on #Metodik_yordam

Ma’lumki, 2024-yil 15-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati,  Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi vakillari hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Qumqo‘rg‘on tumani umumiy o‘rta ta’lim maktablariga manzilli metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish va chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olishgandi. 2024-yil 21-noyabr kuni tumandagi 27-sonli tayanch maktabda markaz professor-o‘qituvchilari  tomonidan bitiruvchilari…

Read More

18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kunining 33 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati pedogogik mahorat markazida tadbir tashkil etildi. Unda markaz rahbariyati, professor-o’qituvchilar va tinglovchilar faol ishtirok etdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi va madhiya sadolari ostida yurtimiz bayrogʻi yuqoriga koʻtarildi. Shundan soʻng, markaz professor-o’qituvchilari tomonidan mamlakatimiz bayrogʻining xalqimiz hayotidagi va uning…

Read More

#Ilmiy_faoliyat

«Ta’lim, fan va innovatsiya» ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-uslubiy jurnalining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Isoqov Murot Madaminjonovichning «Ijtimoiy kapital – fuqarolik jamiyati rivojlanishining muhim omili sifatida» nomli maqolasi e’lon qilindi. “Ta’lim, fan va innovatsiya” jurnali O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 18-noyabrdagi 218/5-sonli qarori bilan 13.00.00 –PEDAGOGIKA FANLARI bo‘yicha, 2018-yil 28-noyabrdagi 247/6-sonli qarori…

Read More

#Mahorat_darsi

⚡️Joriy yilning 14-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi musiqa madaniyati fani metodisti Nargiza Karimova tomonidan Bandixon tumanidagi  17-AFCHO’SM  1-sinf oʻquvchilariga «Musiqiy tovushlar olami» mavzusida mahorat darsi tashkil qilindi.   🎼 Darsning  jamoa boʻlib kuylash qismida «Kuz» qo’shig’i, musiqa savodi: «forte» va «piano» belgilari hamda darslikda berilgan «Teremok» ertagi o’quvchilarga o’rgatildi.    Dars davomida guruhlarga…

Read More

#ochiq_dars

Joriy yilning 13-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida malaka oshirayotgan Informatika va axborot texnologiyalari guruhi tinglovchilari uchun “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi Ilhom Jumayev tomonidan “Ta’limda raqamli texnologiyalar” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.Dars jarayonida tinglovchilarga sun’iy intellekt, MathGPT, Wordwall, Complete Anatomy, Zygote body, VR texnologiyasiga asoslangan MERGE CUBE, 360 VR biologiya olam…

Read More