«Ta’lim, fan va innovatsiya» ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-uslubiy jurnalining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Isoqov Murot Madaminjonovichning «Ijtimoiy kapital – fuqarolik jamiyati rivojlanishining muhim omili sifatida» nomli maqolasi e’lon qilindi.
“Ta’lim, fan va innovatsiya” jurnali O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 18-noyabrdagi 218/5-sonli qarori bilan 13.00.00 –PEDAGOGIKA FANLARI bo‘yicha, 2018-yil 28-noyabrdagi 247/6-sonli qarori bilan 23.00.00 – SIYOSIY FANLAR bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Muassislar: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi



