⚡️Joriy yilning 14-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi musiqa madaniyati fani metodisti Nargiza Karimova tomonidan Bandixon tumanidagi 17-AFCHO’SM
1-sinf oʻquvchilariga «Musiqiy tovushlar olami» mavzusida mahorat darsi tashkil qilindi.
🎼 Darsning jamoa boʻlib kuylash qismida «Kuz» qo’shig’i, musiqa savodi: «forte» va «piano» belgilari hamda darslikda berilgan «Teremok» ertagi o’quvchilarga o’rgatildi.
Dars davomida guruhlarga boʻlib ishlash, juftlikda ishlash, «Ohanglar jilosi», «Notali rebus» kabi zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlardan foydalanildi.



