2024-yil 25-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati AQSh fuqarosi Soliman Mohamed Amr bilan maktabgacha va maktab ta’limi sohasida xodimlar malakasini oshirishga oid xalqaro kelishuv imzoladi.
Xorijiy maslahatchi quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:
✅ xalqaro ilmiy va metodik hamkorlikni rivojlantirish;
✅ umumiy o‘rta ta’lim sohasida ilg‘or xalqaro tajribalarni tadqiq qilish va tavsiyalar ishlab chiqish;
✅ o‘quv jarayonini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
✅ pedagoglar uchun yangi metodikalarni joriy etish va kasbiy rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash.
Mazkur hamkorlik orqali nafaqat xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari o‘rganiladi, balki ular milliy ta’lim tizimiga moslashtiriladi.



