Joriy yilning 22-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi o‘qituvchisi Munisa Oripova tomonidan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturining amaliy tatbig‘i sifatida maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhi tinglovchilari uchun Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida  ko‘chma amaliy mashg‘ulot tashkil qilindi. 

Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida M.Oripova tomonidan tinglovchilarga  ilm-fan va  tabiat, qurish-yasash hamda  san’at markazlaridagi bolalarning faoliyatlari  haqida ma’lumotlar berildi.