Ayni damda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida mentor-o‘qituvchilarning kasbiy va metodik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan trening mashg‘ulotlari davom etmoqda. Treningning ikkinchi kunida ishtirokchilar zamonaviy ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish hamda o‘qituvchining kasbiy faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqdalar. Mashg‘ulotlar davomida pedagogik refleksiya, inklyuziv ta’lim, baholash, xalqaro baholash dasturlari va…
Read More2026-yil 22-sentabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Psixologik xizmat tizimining zamonaviy modellari va rivojlanish tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyani markaz direktori o‘rinbosari Akmal Faxriddinovich Bayturayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda PROFI UNIVERSITY rektori, psixologiya fanlari doktori, akademik G‘ayrat Shoumarov, Buxoro Xalqaro universiteti rektori, psixologiya fanlari doktori, professor Sharif Barotov, shuningdek, respublika…
Read MoreToshkent davlat iqtisodiyot universitetida SCIENTIFIC PUBLICATION ilmiy-matbuot markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Yuksak e’tirof” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi o‘qituvchisi Choriyev Elbek Erkin o‘g‘li munosib ishtirok etib, “Yuksak e’tirof” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi jamoasi Elbek…
Read MoreUch kun davom etgan treningda 320 nafar master-trenerlar zamonaviy pedagogik texnologiyalar, SEL, UDL, sun’iy intellektdan etik foydalanish hamda PISA va TIMSS xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo’ldilar. Xalqaro va milliy trenerlar ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, ilg‘or metodik yondashuvlar amaliyotda sinovdan o‘tkazildi.Trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Endilikda ular o‘z hududlarida “Kasbiy rivojlanish…
Read MoreSurxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Adilova Dilnoza Jurabekovna — A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Qo‘shimcha ta’limni ta’minlash bo‘limi o‘quv-uslubiy ishlari bo‘yicha mutaxassisi samimiy kutib olindi. Tashrif doirasida Markaz direktori M. Isoqov, akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Bayturayev bilan uchrashuv o‘tkazilib, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari va amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi. Uchrashuvda “ZO‘R!” (“KLASS!”)…
Read MoreAyni damda “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari doirasida master-trenerlarni tayyorlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan uch kunlik trening o‘z ishini boshladi. Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev ochib berdi. Unda Surxondaryo pedagogik mahorat markazining metodistlari va master-trenerlari ham faol ishtirok etmoqda.
Read MoreO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 691-son qarori bilan tasdiqlangan 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, malaka oshirish kurslari jarayonida pedagog xodimlar uchun “Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida mashg‘ulotlar tashkil etish belgilangan. Shu munosabat bilan 11-sentabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan markaz tinglovchilari ishtirokida…
Read MoreTa’lim forumi doirasida OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman e’lon qilindi. Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba qatnashdi. Mamlakatimizdan xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi tadqiqotda ishtirok etdi. ❗️Tabiiy fanlar bo‘yicha O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi…
Read MoreYANGI O‘QUV YILIDA MARKAZIMIZDA YANGI TINGLOVCHILAR KO‘TARINKI RUHDA KUTIB OLINDI Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida yangi o‘quv yilini munosib boshlash, malaka oshirish kurslariga tashrif buyurgan tinglovchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida “Xush kelibsiz, aziz tinglovchilar!” nomli tadbir tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Tadbir davomida markaz jamoasi va yangi tinglovchilar o‘zaro tanishib, markaz…
Read MoreBugun markazda yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim jarayonlari samaradorligini oshirish hamda ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda markaz jamoasi oldidagi dolzarb vazifalar, yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan ishlar va pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari muhokama qilindi. Ta’lim sifatini oshirish, metodik xizmat samaradorligini kuchaytirish, zamonaviy pedagogik yondashuv va raqamli texnologiyalardan…
Read More

