YANGI O‘QUV YILIDA MARKAZIMIZDA YANGI TINGLOVCHILAR KO‘TARINKI RUHDA KUTIB OLINDI
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida yangi o‘quv yilini munosib boshlash, malaka oshirish kurslariga tashrif buyurgan tinglovchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida “Xush kelibsiz, aziz tinglovchilar!” nomli tadbir tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Tadbir davomida markaz jamoasi va yangi tinglovchilar o‘zaro tanishib, markaz faoliyati, o‘quv jarayoni hamda kurslar davomida yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, tadbir dasturidan kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlovchi sahna ko‘rinishlari o‘rin oldi.  Samimiy muloqot va qiziqarli chiqishlarga boy kechgan tadbir yangi tinglovchilarda markaz faoliyati haqida iliq taassurot qoldirdi.
Yangi o‘quv yili — yangi bilimlar, yangi tajribalar va yangi marralar sari boshlanadigan yo‘ldir!

Leave a Comment