
Bugun markazda yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim jarayonlari samaradorligini oshirish hamda ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda markaz jamoasi oldidagi dolzarb vazifalar, yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan ishlar va pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari muhokama qilindi. Ta’lim sifatini oshirish, metodik xizmat samaradorligini kuchaytirish, zamonaviy pedagogik yondashuv va raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, Lms.avloniy.uz malaka oshirishning raqamli boshqaruv platformasiga bosqichma-bosqich o‘tish masalasi muhokama qilinib, undan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish vazifasi yuklatildi.



