Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tizimdagi ta’lim muassasalari xodimlarini 2026-yil davomida “Yoshlarda halollikni shakllantirish”, “Halollik darslarini o‘tish metodikasi” hamda “Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning roli” mavzularidagi maxsus o‘quv kurslarida o‘qitish bo‘yicha tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq, “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi o‘qituvchilari S.To‘rayeva va Z.Normuhamedov tomonidan markaz tinglovchilari uchun joriy yilning 18–19-may kunlari maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi. Kurslar davomida ishtirokchilarga ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb masalalari, yoshlar ongida halollik va adolat tamoyillarini shakllantirish, ta’lim jarayonida halollik darslarini samarali tashkil etish bo‘yicha nazariy hamda amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, tinglovchilar bilan interaktiv mashg‘ulotlar, ochiq muloqotlar va tajriba almashuvlari tashkil etildi.

Leave a Comment