
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Termiz davlat pedagogika instituti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida 2026-yil 20-may kuni markazning geografiya fani o‘qituvchisi Ch. Maxmatraimov tomonidan institutning geografiya yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun “Geografiya darslarini o‘qitishda 5E modelidan foydalanish” mavzusida trening mashg‘uloti tashkil etildi. Mazkur trening davomida talabalarga geografiya taʼlimida 5E modelidan foydalanish va uning afzalliklari bir soatlik dars ishlanmasi misolida tushuntirib berildi. Mashg‘ulot davomida qo‘llanilgan «geozakovat» metodi talabalarda chuqur taasurot qoldirdi. Bundan tashqari geografiya darslarida zamonaviy vositalardan samarali foydalanish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda zamonaviy modellarning geografiya fanini o‘qitishdagi o‘rni yuzasidan fikr almashdilar.



