Aziz bitiruvchilar!

Bugun sizlar maktab eshiklaridan katta hayot sari qadam qo‘ymoqdasiz. Bu yo‘l — oson yo‘l emas, biroq bilim, mehnat va sabr bilan yengib o‘tiladigan sharafli yo‘ldir. Har biringizning qalbingizda shakllangan orzu va maqsadlar endi amaliy harakatlar bilan sinovdan o‘tadi. Hayotning yangi bosqichida eng muhim tayanchlaringiz — mustaqil fikrlash, mas’uliyatni his qilish va doimiy o‘sishga intilish bo‘lsin. Sizlar…

Read More

Seminar

Joriy yilning 21-may kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida SMART-ED loyihasi doirasida YUNESKO tomonidan tashkil etilgan seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar O‘zbekistonda raqamli o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi istiqbollarini belgilash, zamonaviy raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish hamda ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga bag‘ishlandi. Seminarda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktorining o‘rinbosari A. Bayturayev ham ishtirok etib, ta’limni raqamlashtirish, pedagoglarning zamonaviy…

Read More

Yakuniy_attestatsiya

Joriy yilning 23-may kuni 100 soatlik malaka oshirish kursi tinglovchilarining yakuniy attestatsiya sinovlari bo‘lib o‘tdi. Yakuniy attestatsiya loyiha ishi, mikrodars taqdimoti shaklida o‘tkazildi. Bunda tinglovchilar o‘zlari tanlagan mavzularda mustaqil ishlash hamda pedagogik yondashuvlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini namoyish etishdi.

Read More

Kutubxonachilar_kuni

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida 21-may — Kutubxonachilar kuni munosabati bilan “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarning mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kutubxonachilik sohasining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, kutubxona xodimlarining fidokorona mehnati e’tirof etilib, ularga samimiy tilaklar yo‘llandi.…

Read More

Trening

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Termiz davlat pedagogika instituti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida 2026-yil 20-may kuni markazning geografiya fani o‘qituvchisi Ch. Maxmatraimov tomonidan institutning geografiya yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun “Geografiya darslarini o‘qitishda 5E modelidan foydalanish” mavzusida trening mashg‘uloti tashkil etildi. Mazkur trening davomida talabalarga geografiya taʼlimida 5E modelidan foydalanish va uning afzalliklari bir soatlik dars…

Read More

KORRUPSIYAGA QARSHI MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHGA QARATILGAN O‘QUV KURSLARI TASHKIL ETILDI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tizimdagi ta’lim muassasalari xodimlarini 2026-yil davomida “Yoshlarda halollikni shakllantirish”, “Halollik darslarini o‘tish metodikasi” hamda “Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning roli” mavzularidagi maxsus o‘quv kurslarida o‘qitish bo‘yicha tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq, “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi o‘qituvchilari S.To‘rayeva va Z.Normuhamedov tomonidan markaz tinglovchilari uchun joriy yilning 18–19-may kunlari maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi. Kurslar…

Read More

Ilmiy_faoliyat

OAK e’tirofidagi “Ta’limda istiqbolli izlanishlar” xalqaro ilmiy-metodik jurnalining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Salomov Abdunazar Abdivasixovichning “Development of the Education System Through Artificial Intelligence and Digital Technologies and Its Challenges” mavzusidagi ilmiy maqolasi e’lon qilindi. Mazkur maqolada sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning…

Read More

Forum

Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan o‘tkazilgan Ta‘limda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollariga bag‘ishlangan forum doirasida taʼlimiy ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmada A.Avloniy nomidagi institut hamda hududiy pedagogik mahorat markazlari tomonidan rahbar va pedagoglarni uzulksiz kasbiy rivojlantirish tizimida amalga oshirilgan ishlar, ishlab chiqilgan o‘quv adabiyotlar namoyish etildi.

Read More

Forum

Forum Ta‘limda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollariga bag‘ishlangan forum doirasidagi konferensiya yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Tadbirda vazirlik va institut rahbariyati, yigirmaga yaqin xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari hamda vazirlikning hududiy tashkilotlar masʼullari ishtirok etmoqda.

Read More