OAK e’tirofidagi “Ta’limda istiqbolli izlanishlar” xalqaro ilmiy-metodik jurnalining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Salomov Abdunazar Abdivasixovichning “Development of the Education System Through Artificial Intelligence and Digital Technologies and Its Challenges” mavzusidagi ilmiy maqolasi e’lon qilindi. Mazkur maqolada sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning jamiyat hamda ta’lim tizimidagi o‘rni, ularning rivojlanish bosqichlari, imkoniyat va muammolari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga samarali joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Leave a Comment