Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida ISHONCH jamg’armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan YUNESKOning loyihasi doirasida jihozlash ishlari davom etmoqda.

Markazning o’quv xonalari zamonaviy AKT jihozlari hamda zaruriy mebellar bilan ta’minlanmoqda. Jumladan, markazga:
— 16 ta aqlli elektron doska;
— 16 ta mobil stend;
— 212 ta monoblok kompyuter;
— 4 ta printer
— 4 ta WIFI router;
— 212 ta UPS qurilmalari yetkazildi.

Mazkur jihozlar sifatli va samarali ta’lim muhitini yaratish, o’quv jarayonining samaradorligini oshirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish hamda pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

ISHONCH jamg’armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning «AKT va raqamli ta’limni qo’llash orqali ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish» dasturi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va YUNESKO hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Leave a Comment