Kengash majlisida kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati va mavjud ilmiy ishlari tahlil qilindi. Shuningdek, markaz professor-o‘qituvchilarini kafedra professori va kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimlariga tayinlash, mualliflik ishlanmalari hamda o‘quv adabiyotlarini nashrga tavsiya etish masalalari ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda markazning ilmiy salohiyatini oshirish va ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi. Mazkur qarorlar ilmiy-uslubiy faoliyatni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Yig‘ilish yakunida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan B.E.Boymatovga diplom tantanali ravishda topshirildi.

Leave a Comment