2026-yil 5-iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Risolat Usmonaliyeva hamda Tarix fani 1-guruh tinglovchilari Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tgan “Yoshlar orasida giyohvandlikning oldini olish: profilaktika, ta’lim va ijtimoiy hayot mexanizmlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etdilar. Anjumanda respublikaning turli oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar hamda xorijiy va mahalliy olimlar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Anjuman sho‘balarida sintetik giyohvandlikka qarshi kurash, ijtimoiy himoya mexanizmlarini takomillashtirish, raqamli makondagi narko-tahdidlarga qarshi kurash hamda yoshlar orasida giyohvandlikning psixologik-pedagogik profilaktikasi masalalari muhokama qilindi.

Leave a Comment