
O‘zbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazlari hamkorligida joriy yilning 4-5-iyun kunlari pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish hamda metodik qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Metodik marafon” tadbirlari o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlarda Surxondaryo viloyati pedagoglari ham onlayn tarzda faol ishtirok etmoqdalar.



