
Joriy yilning 21-may kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida SMART-ED loyihasi doirasida YUNESKO tomonidan tashkil etilgan seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar O‘zbekistonda raqamli o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi istiqbollarini belgilash, zamonaviy raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish hamda ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga bag‘ishlandi. Seminarda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktorining o‘rinbosari A. Bayturayev ham ishtirok etib, ta’limni raqamlashtirish, pedagoglarning zamonaviy AKT ko‘nikmalarini oshirish hamda xalqaro tajribalarni amaliyotga tatbiq etish masalalari yuzasidan fikr almashdi. Tadbir davomida raqamli ta’limning bugungi tendensiyalari, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning innovatsion mexanizmlari hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.



