
Kuni kecha Qumqo‘rg‘on tumanidagi 70-sonli maktabda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi tashabbusi hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida xorijiy maslahatchi ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda markaz o‘qituvchisi A. Esanov hamda xorijiy maslahatchi Samuel Nyabere Choi o‘quvchilar bilan xorijiy tillarni o‘rganishning ahamiyati, xalqaro muloqot imkoniyatlari va zamonaviy ta’lim jarayonlari haqida suhbatlashdilar.
Muloqot davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, xorijiy mutaxassis bilan bevosita fikr almashish imkoniga ega bo‘ldilar. Tadbir yoshlarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda xalqaro tajribaga qiziqishini kuchaytirishga xizmat qildi.



