Surxondaryo viloyatida xalqaro loyiha doirasida treninglar boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish: AKT va raqamli ta’lim orqali sifatli va inklyuziv ta’limni ta’minlash” loyihasi doirasida qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida 2026-yil 21–23-aprel kunlari Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida mentor-o‘qituvchilar uchun o‘quv treninglari yo‘lga qo‘yildi. Ayni vaqtda trening jarayonlari boshlangan.
Treninglarda hududlardan tanlab olingan 40 nafar mentor-o‘qituvchilar ishtirok etib, ularga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, raqamli ta’lim vositalarini amaliyotga joriy etish hamda inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar berilmoqda.

Leave a Comment