Xalqaro anjuman_Axborot xati
📢 ILMIY IZLANUVCHILAR, OLIMLAR VA PEDAGOGLAR DIQQATIGA!
Sizni zamonaviy ilm-fan va ta’limni birlashtiruvchi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif qilamiz!
🧠 Anjuman mavzusi:
“Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va STEAM integratsiyasining zamonaviy tendensiyalari: xalqaro tajriba va innovatsion yondashuvlar”
📅 Sana: 2026-yil 13-may
⏰ Vaqt: 10:00
🌐 Format: Onlayn + Oflayn
🌍 Tillar: O‘zbek | Rus | Ingliz
Nega qatnashish kerak?
✔️ Zamonaviy SI va raqamli texnologiyalarni ta’limga joriy etish bo‘yicha real tajriba;
✔️ STEAM, AR/VR, virtual laboratoriyalar bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar;
✔️ Xalqaro hamkorlik va innovatsion ishlab chiqarish integratsiyasi;
✔️ Ilmiy maqola va tezislaringiz DOI orqali Google Scholar va Crossref bazalarida indekslanadi;
✔️ Har bir ishtirokchiga Sertifikat + to‘plam (elektron).
📚 Anjuman yo‘nalishlari:
🔹 Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etishning ilmiy-uslubiy asoslari.
🔹 Ta’lim sifatini oshirishda STEAM yondashuvi, virtual laboratoriyalar, AR/VR texnologiyalari va o’quv simulyatsiyalardan foydalanish.
🔹 Zamonaviy ta’lim, ilm-fan va innovatsion ishlab chiqarish integratsiyasi hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
📥 Materiallar qabuli:
🗓 2026-yil 10-maygacha
📲 Materiallarni yuborish uchun:
👉 https://t.me/nodirziyo1992
👉 https://t.me/nurislamxudayberdiyev
👉 ziyodulloyevnodir@gmail.com
📞 Batafsil ma’lumot uchun:
+99891 583 64 31
+99890 245 90 22
❇️ Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati



