
2026-yil 20-aprel kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Gyote-Institutining O‘zbekistondagi filiali hamkorligida nemis tili o‘qituvchilari uchun 5 kunlik o‘quv kurslari boshlandi. Mazkur kurslar Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan nemis tili o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mashg‘ulotlar institutning tajribali multiplikatorlari tomonidan olib borilmoqda. Treninglar davomida ishtirokchilarga Gyote-Instituti imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish, zamonaviy va innovatsion o‘qitish metodlarini amaliyotga joriy etish hamda dars samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar berilishi ko‘zda tutilgan.



