Joriy yilning 16-fevral kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida «Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari» kafedrasi o‘qituvchilari Lobar Sobirova va Ruxsora Asadovalar tomonidan o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari guruhi tinglovchilari uchun “Zamonaviy va muvaffaqiyatli rahbar (time menejment)” mavzusida binar dars tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida zamonaviy rahbarning kasbiy kompetensiyalari, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, ustuvor vazifalarni belgilash hamda shaxsiy samaradorlikni oshirish masalalari yoritildi.

Leave a Comment