🔰2025-yil 27-oktabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida malaka oshirayotgan Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari guruhi tinglovchilari tomonidan Termiz shahridagi maxsus ixtisoslashtirilgan 22-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida navbatdagi xayriya tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda bolajonlarga guruh tarbiyachilari tomonidan bir qator didaktik o‘yinlar va sahnalashtirilgan teatr tomoshalari namoyish etildi.



