
2025-yil 24-oktabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi »Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi o‘qituvchisi Javohir Qarshiyev tomonidan biologiya guruhi tinglovchilari uchun «Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalari» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
✅ Dars jarayonida «Tezkor savol-javob», «Kichik guruhlarda ishlash», «BBB» metodlaridan foydalanildi. Dars qiziqarli va taassurotlarga boy bo‘ldi.



