
Joriy yilning 29-oktabr kuni 100 soatlik malaka oshirish kursi tinglovchilarining yakuniy attestatsiya sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Yakuniy attestatsiya loyiha ishi, mikrodars taqdimoti shaklida o‘tkazildi. Bunda tinglovchilar o‘zlari tanlagan mavzularda mustaqil ishlash hamda pedagogik yondashuvlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini namoyish etishdi.



