2025-yil 12-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi o‘qituvchisi To’ychibek Bolliyev tomonidan biologiya guruhi tinglovchilari bilan «Bola huquqlarini himoya qilishning davlat siyosati» mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi. Dars jarayonida «Karam», «Aqliy hujum», «Klaster», «Xotira mashqi», «Muhokama», «Krosswordli atamalar» metodlaridan foydalanildi. Dars mobaynida tinglovchilar tomonidan mavzuga oid sahna koʻrinishi namoyish etildi.
Read MoreSurxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati tomonidan Uzun tumanidagi 6-, 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida PISA 2025 xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi. Shuningdek, mas’ullarga kamchiliklarni bartaraf etish, xalqaro tadqiqot jarayonlarida yuqori natijalarni qayd etish choralarini koʻrish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar va metodik yordam berildi.
Read MoreFanlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan malaka oshirishga kelgan tinglovchilarga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarda to‘plangan ilg‘or tajribalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq etish maqsadida seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Joriy yilning 11-mart kuni Termiz shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi N.Ulug‘ov tomonidan «Ona tili va adabiyot fanida loyiha ishiga asoslangan ta’lim: amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish»…
Read More

