

Ayni damda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi, Sherobod tumanidagi 42-sonli, Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida singapurlik ekspert-trenerlar tomonidan “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini tashkil etish maqsadida tabiiy fanlar mentor-oʻqituvchilari uchun Zoom platformasi orqali oʻquv trening tashkil etilmoqda.
Treningda 9 nafar master-trenerlar va 36 nafar mentor-o‘qituvchilar (100%) ishtirok etishdi.



