TABRIKLAYMIZ!

Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 30-noyabrdagi 4/3.1-sonli qaroriga asosan Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikalari» kafedrasi katta o‘qituvchisi Sayyora To’rayevaning «Uzluksiz kasbiy rivojlantirish» nomli darsligi (B.S.Abdullayeva, M.Xalikova, M.Matnazarov, va I.Abduraimovlar bilan hammualliflikda) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziya berilgan nashriyotlarda nashr etishga ruxsat berildi.

Read More

«Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi Nodirjon Ziyodulloyev tomonidan ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi

2025-yil 19-fevral kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi Nodirjon Ziyodulloyev tomonidan «Kimyo fani o‘qituvchilari» uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi tinglovchilari uchun «Kimyo darslarida xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS) topshiriqlaridan foydalanish» mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi. 📖 Kichik guruhlarda ishlash shaklida tashkil etilgan mashg’ulotda «Diqqatni jamlang», «Buzuq telefon»…

Read More

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Sumalak sayli” tashkil etildi

2025-yil 18-fevral kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Sumalak sayli” tashkil etildi. Katta doshqozonda milliy taomlarimizdan sumalak qaynatildi, osh damlandi. Tinglovchilar tomonidan kuy-qo‘shiqlar kuylandi, raqslar ijrosi tadbir ishtirokchilari ko‘nglini xushnud etdi. Shuningdek, tadbir munosabati bilan markaz professor-o‘qituvchilari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Read More

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi va Termiz shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab intrenati o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolangan

🔰 Xabaringiz bor, 2024-yilning 19-dekabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi va Termiz shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab intrenati o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolangan. 🔰 Mazkur memorandum doirasida Fanlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan malaka oshirishga kelgan tinglovchilarga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarda to‘plangan ilg‘or tajribalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq etish maqsadida seminar-treninglar tashkil etilmoqda. ✅ Bugun Termiz…

Read More

Kasbiy rivojlanish kuni

Ayni damda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi, Sherobod tumanidagi 42-sonli, Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida singapurlik ekspert-trenerlar tomonidan “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini tashkil etish maqsadida tabiiy fanlar mentor-oʻqituvchilari uchun Zoom platformasi orqali oʻquv trening tashkil etilmoqda. Treningda 9 nafar master-trenerlar va 36 nafar mentor-o‘qituvchilar (100%) ishtirok etishdi.

Read More