Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengash majlisida 2025-yil 15-fevral kuni Talipova Feruza Tairovnaning 19.00.01 – Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi ixtisosligi bo‘yicha “O‘rta yosh inqirozi davrida shaxs kopping-strategiyalari namoyon bo‘lish xususiyatlari” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Ilmiy kengash a’zosi, Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari doktori, professor U.Qodirov birinchi rasmiy opponent sifatida ishtirok etdi.

Leave a Comment