🇺🇿 Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik qutlug’ sanasi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Mustaqillik — milliy davlatchiligimiz, xalqimizning erkin va farovon hayot sari dadil intilishlari, Vatanimizning buguni va porloq kelajagini belgilab beruvchi beqiyos qadriyatdir.
O‘tgan yillar davomida yurtimiz hayotining barcha jabhalarida, xususan, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalqimizning bunyodkorlik salohiyati va ezgu maqsadlari ro‘yobiga xizmat qilmoqda.Ayniqsa, ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish borasidagi sa’y-harakatlarda fidoyi ustozlarning munosib hissasi bor. Sizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingiz yosh avlodning kelajagi, yurtimiz taraqqiyoti va jamiyatimiz ravnaqi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.Shu qutlug‘ ayyom munosabati bilan barchangizga avvalo mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va mas’uliyatli faoliyatingizda yangi yutuqlar tilayman. Har bir ezgu tashabbusingiz qo‘llab-quvvatlanib, mehnatingiz samarasi el-yurt ravnaqiga xizmat qilsin!

Yurtimiz tinch, osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin!
🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Murot Isoqov
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori

Leave a Comment