Uch kun davomida ishtirokchilar uzluksiz kasbiy rivojlanishning zamonaviy yondashuvlari, kattalar ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari hamda pedagoglarning kasbiy o‘rganish jarayonidagi motivatsiya va to‘siqlarni aniqlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini boyitdilar. Trening jarayonlari amaliy mashg‘ulotlar va interfaol faoliyatlar asosida olib borildi. Mazkur faoliyatlar ISHONCH jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning “AKT va raqamli ta’limni qo‘llash orqali ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda YUNESKO tomonidan amalga oshirilmoqda.

Leave a Comment