YUNESKO hamda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi hamkorligida 25–27-avgust kunlari mentor-o‘qituvchilar ishtirokida pedagogika va andragogika yo‘nalishlariga bag‘ishlangan uch kunlik trening tashkil etildi.

Uch kun davomida ishtirokchilar uzluksiz kasbiy rivojlanishning zamonaviy yondashuvlari, kattalar ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari hamda pedagoglarning kasbiy o‘rganish jarayonidagi motivatsiya va to‘siqlarni aniqlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini boyitdilar. Trening jarayonlari amaliy mashg‘ulotlar va interfaol faoliyatlar asosida olib borildi. Mazkur faoliyatlar ISHONCH jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning “AKT va raqamli ta’limni qo‘llash orqali ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma…

Read More