O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ezgulik va mehr-oqibat chellenji davom etmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati tomonidan markazda faoliyat yuritayotgan texnik xodimlarning holidan xabar olindi. Shuningdek, xonadon egalariga oziq-ovqat mahsulotlari topshirilib, bayram arafasida samimiy tilaklar bildirildi.
Ushbu ezgu tashabbus inson qadrini ulug‘lash, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning qalbiga quvonch ulashishga xizmat qilmoqda.
Ezgulik — insonlarni birlashtiradi, mehr-oqibat esa jamiyatni yuksaltiradi!

Leave a Comment