
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida 21-may — Kutubxonachilar kuni munosabati bilan “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarning mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kutubxonachilik sohasining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, kutubxona xodimlarining fidokorona mehnati e’tirof etilib, ularga samimiy tilaklar yo‘llandi. Tadbirda she’r va kitob targ‘ibotiga oid chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv barchada iliq taassurot qoldirdi.



