2026-yil 23-aprel kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida YUNISEF hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida “Ishonch–2030” loyihasi doirasida “Raqamli pedagogika” mavzusida 23–24-aprel kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki kunlik seminar-trening boshlandi.

Mazkur tadbirda maktab direktorlarining o‘rinbosarlari, STEM, AKT va xorijiy til o‘qituvchilari hamda hududiy metodistlar ishtirok etmoqda. Tadbir davomida ishtirokchilarning raqamli pedagogika sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Seminar YUNISEFning raqamli pedagogika bo‘yicha xalqaro konsultanti Suzanna Burger tomonidan olib borilmoqda.

Trening davomida ishtirokchilar AKT va sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish, raqamli resurslardan foydalanish bo‘yicha amaliy rejalar tuzish yuzasidan bilim va tajribalarini boyitmoqda.

Leave a Comment