Ma’lumki, joriy yilning 7-aprel kuni Davlatimiz rahbari boshchiligida jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda haftaning bir kunini “Sport kuni” sifatida belgilash, shuningdek, davlat tashkilotlarida muntazam sport mashg‘ulotlarini yo‘lga qo‘yish vazifasi ilgari surilgan edi.

Shu munosabat bilan bugun Termiz shahridagi “Alpomish” o‘yingohida viloyatdagi turli tashkilotlar ishtirokida keng ko‘lamli sport tadbirlari tashkil etilmoqda. Unda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘rtasida tosh ko‘tarish, voleybol va futbol kabi sport turlari bo‘yicha qiziqarli va murosasiz musobaqalar o‘tkazildi.

Leave a Comment