Sizlarni milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan, ezgulik, yangilanish va mehr-oqibat timsoli — Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman. Navro‘z — bu tabiatning uyg‘onishi bilan birga inson qalbida ham yangi orzu-intilishlar, ezgu niyatlar kurtak yozadigan qutlug‘ ayyomdir. Ushbu fayzli kunlarda har bir xonadonga quvonch, fayzu baraka, tinchlik va farovonlik yor bo‘lishini tilayman. Yurtimiz taraqqiyoti va jamiyatimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar hammamizga ilhom bag‘ishlab, yangi marralar sari ruhlantirsin. Navro‘z barchamizga yangi kuch-g‘ayrat, ilhom va muvaffaqiyatlar olib kelsin. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Murot Isoqov
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori

Leave a Comment