Bugun Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Tarix fani 2-guruh tinglovchilari Termiz davlat universitetida joylashgan Qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan muzeyga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida tinglovchilar qatag‘on davri tarixiga oid noyob eksponatlar bilan tanishib, millat ravnaqi va taraqqiyoti yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz hayoti hamda faoliyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Mazkur tashrif tinglovchilarda tarixiy xotirani asrash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda tarixiy bilimlarni boyitishga xizmat qildi.

Leave a Comment