📢 Ishonch jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilgan YUNESKOning Oʻzbekistonda 300 nafar pedagog uchun moʻljallangan oʻquv dasturiga arizalar qabul qilish boshlandi
✅ YUNESKO Ishonch jamg’armasi ko’magida hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda Buxoro, Farg’ona va Surxondaryo viloyatlaridan davlat maktablari pedagoglarini kasbiy rivojlanish dasturiga ariza topshirishga taklif etadi.
Quyidagi ko‘nikmalaringizni rivojlantiring:
• Ilg‘or pedagogik va andragogik kompetensiyalar
• AKT, raqamli vositalar va suʼniy intellekt
• Mentorlik va hamkasblar bilan oʻzaro tajriba almashish
Oʻquv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar 12–18 oy davom etadigan YUNESKO mentorlik dasturiga jalb etiladi, va ushbu davr mobaynida moliyaviy ragʻbatlantirish va sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Hoziroq ariza topshiring va O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirishga hissa qo‘shuvchi mentor-o‘qituvchiga aylaning!
📆 ARIZA TOPSHIRISH MUDDATI:
• 1-guruh: 2025-yil 1-noyabr – 2025-yil 30-noyabr
• 2-guruh: 2025-yil 1-dekabr – 2025-yil 31-dekabr
• 3-guruh: 2026-yil 1-yanvar – 2026-yil 31-yanvar
Arizangizni ushbu havola orqali topshiring: HAVOLA (https://forms.office.com/pages/responsepage.aspx?id=Uq5PHbM5-kuwswIpVrERlNCqR04eN6dBtWIL7McukZdUOEROVzFRTFU3UzVENVBGVlE3NUpCWDA4Ny4u&route=shorturl)
Savollar uchun: Ishonch@unesco.org



