O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g’risida PQ-4954-son, 2024-yil 8-dekabrdagi «Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi PQ-443-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan joriy yilning 21-oktabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida sportning shaxmat-shashka va stol tennisi turlari boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

Koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtgan sport musobaqalarida markazning barcha professor-o’qituvchilari, xodimlari va tinglovchilar ishtirok etdi.

Leave a Comment