Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan UNESCO bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda o‘qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish” mavzusida tadbir tashkil etildi.

«Oʻzbekiston ISHONCH 2030» jamgʻarmasi ko‘magida tashkil etilgan mazkur tadbirda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi professor-o’qituvchilari ham faol ishtirok etdi.

Loyiha doirasida ishtirokchilar tomonidan Pedagogik mukammallik modeli hamda Global modellar bo‘yicha hisobot berildi.

Shuningdek, tadbir davomida kasbiy rivojlantirishning sifati va dolzarbligini hamda taʼlim sifatini oshirish masalalariga batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Leave a Comment