
Joriy yilning 10-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati va ishchi guruhi tomonidan Sariosiyo tumanidagi 1-, 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida PISA 2025 xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
Shuningdek, mas’ullarga kamchiliklarni bartaraf etish, xalqaro tadqiqot jarayonlarida yuqori natijalarni qayd etish choralarini koʻrish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar va metodik yordam berildi.



