Ochiq dars

2025-yil 10-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Tillarni o‘qitish metodikasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi Zamira Safarova tomonidan rus tili guruhi tinglovchilari bilan «Развитие навыков критического мышления» mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi. Dars jarayonida «Insert», «Aqliy hujum», «Klaster», «Sinkveyn» va «Kalit so‘zlar» metodlaridan foydalanildi. Dars qiziqarli va taassurotlarga boy bo‘ldi.

Read More

Pisa-2025

Joriy yilning 10-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati va ishchi guruhi tomonidan Sariosiyo tumanidagi 1-, 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida PISA 2025 xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi. Shuningdek, mas’ullarga kamchiliklarni bartaraf etish, xalqaro tadqiqot jarayonlarida yuqori natijalarni qayd etish choralarini koʻrish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar va metodik yordam berildi.  

Read More

Tonggi tadbir

2025-yil 10-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida professor-oʻqituvchilar va malaka oshirish kurs tinglovchilarining kayfiyatini koʻtarish, hayotga pozitiv munosabatni shakllantirish, kasbiy zoʻriqishining oldini olish maqsadida tonggi tadbir tashkil etildi. ✅ Tonggi tadbir barcha ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Read More